locale OZ

«Mash’al» 6 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Jamoa bilan o‘zaro kelishuv asosida bir qator tajribali futbolchilar klubni tark etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash’al» 6 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Фото: Машъал ПФК

«Mash’al» Professional futbol klubi tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jamoa bilan o‘zaro kelishuv asosida bir qator tajribali futbolchilar klubni tark etdi.

Jumladan, Shoxnazar Norbekov, Dilshod Rahmatullaev, Sharipov Islom, Jamshid Xasanov, Asadbek Samariddinov hamda Avazxon Mamatxo‘jayev «Mash’al» safidagi faoliyatini yakunladi.

«Ushbu futbolchilar klub tarkibida faoliyat olib borgan davrda jamoa manfaatlari yo‘lida o‘z mehnatlari, tajribalari va professional munosabatlari bilan hissa qo‘shdilar.

«Mash’al» Professional futbol klubi ushbu futbolchilar bilan do‘stona ravishda xayrlashib, klub ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi hamda ularning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaydi», - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting