locale OZ

«Mash'al» 4 o'yindan beri «Paxtakor»ga gol ura olmayapti

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash'al» 4 o'yindan beri «Paxtakor»ga gol ura olmayapti
Фото: Пахтакор ПФК

Bugun futbol muxlislarini qiziqarli to'qnashuv kutmoqda – O'zbekiston kubogining 1/4 final bosqichida Muborakning “Mash'al” jamoasi Toshkentning mashhur “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Muborakliklar safida yo'qotishlar bor. Bugun jamoaning bir nechta futbolchilari maydonga tusha olmaydi. Xususan, darvozabon Dostonbek To'xtaboyev, tajribali himoyachi Muhammadali Aliqulov va yarim himoyachilar Jamshid Xasanov va Islom Sharipovlar jarohati sababli “Paxtakor”ga qarshi o'ynamaydi.

Bu jamoalarning so'nggi 4 o'yinida “gazchilar” raqib darvozasiga birorta ham gol ura olmagan.

2021 yil. “Paxtakor” 3:0 “Mash'al”
2021 yil. “Mash'al” 0:1 “Paxtakor”
2025 yil. “Paxtakor” 5:0 “Mash'al”
2025 yil. “Mash'al” 0:1 “Paxtakor”

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting