locale OZ

Martines Silvaning «Barselona»dagi istiqbollarini baholadi

Bernardu Kataloniya klubi bilan muzokara o'tkazmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Martines Silvaning «Barselona»dagi istiqbollarini baholadi
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines milliy jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silvaning “Barselona”ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

“O'ylaymanki, Bernardu Silva shunchalik ajoyib o'yinchi – u jahon futbolining istalgan jamoasiga mos tushadi. U har qanday tizim va o'yin uslubiga moslasha oladi, deb o'ylayman. Gap pozitsiyada emas, balki uning har bir harakatda ustunlik qilish imkonini beradigan futbol intellekti va texnik darajasida”, — deya Martinesning so'zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.

Avvalroq OAVda Silvaning “Barselona” bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, yarim himoyachi “ko'k-anorranglilar” La Liganing moliyaviy qoidalariga mos kelishi uchun maoshining kamayishiga tayyor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting