Martines: «O‘zbekiston terma jamoasi ham katta hurmatga sazovor»
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026da guruhdagi raqiblari haqida fikr bildirdi.
Qur'a tashlash marosimida portugaliyaliklar Kolumbiya va O‘zbekiston terma jamoalari bilan bir kvartetga tushdi. Guruhning to‘rtinchi a’zosi pley-off o‘yinlarida aniqlanadi – u Yangi Kaledoniya, Kongo yoki Yamayka bo‘lishi mumkin.
"Portugaliya va Kolumbiya uchrashuvi – bu o‘ziga xos voqea, men bu o‘yinni faxr va hayajon bilan kutyapman. Fabio Kannavaro murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ham katta hurmatga loyiq. Pley-off orqali turnirga yo‘l olgan jamoalar har doim o‘zgacha kayfiyatda o‘ynashadi," – dedi Martines jurnalistlar bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, JCH-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi.