locale OZ

Martines Niderlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Bu haqda De Telegraaf xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Martines Niderlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines Niderlandiya milliy jamoasiga ustozlik qilishi mumkin. Bu haqda De Telegraaf xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Niderlandiya futbol ittifoqining (KNVB) yuqori darajadagi futbol bo'yicha direktori Nayjel de Yong 53 yoshli mutaxassis bilan bosh murabbiylik lavozimi bo'yicha muzokara o'tkazgan. Uchrashuv Ispaniyaning Malaga shahrida bo'lib o'tgan.

Martines 2023 yil yanvaridan 2026 yil iyuligacha Portugaliya terma jamoasini boshqardi. Uning qo'l ostida portugaliyaliklar 2025 yilda Millatlar ligasida g'olib chiqdi. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa Portugaliya pley-off bosqichiga chiqib, 1/8 finalda keyinchalik chempion bo'lgan Ispaniyaga mag'lub bo'ldi.

Ispaniyalik mutaxassis bundan avval Belgiya terma jamoasida ishlagan va 2018 yilgi Jahon chempionatida jamoa bilan bronza medalini qo'lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting