locale OZ

Martines: «Meksika erishgan natijalar bilan cheklanib qolmoqchi emas»

Meksika guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Martines: «Meksika erishgan natijalar bilan cheklanib qolmoqchi emas»
ФОТО: Getty images

Meksika terma jamoasi hujumchisi Gilermo Martines JCH-2026 musobaqasidagi jamoa natijalari va maqsadlari haqida fikr bildirdi.

A guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l olgan meksikaliklar yuqori kayfiyatda bo‘lsa-da, futbolchi jamoa bu bilan qanoatlanmasligini ta’kidladi.

«Menimcha, Meksika terma jamoasi uchun eng muhimi — xotirjamlikni saqlab qolish. Bizda aynan shunday ruhiyat mavjud, bu kamtarlik bilan ham uyg‘unlashgan. Eng avvalo, biz juda mehnatkash jamoamiz. Hozirgacha erishgan natijalarimizdan to‘liq qoniqqanimiz yo‘q, chunki oldimizga eng yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Biz qadamma-qadam, o‘yindan o‘yinga oldinga intilmoqdamiz. Ayni paytda navbatdagi uchrashuv biz uchun eng muhim o‘yin hisoblanadi. Unga eng yaxshi tarzda tayyorlanib, yaxshi futbol namoyish etishni istaymiz», — dedi Martines FIFA matbuot xizmatiga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting