locale OZ

Martines Argentina futbolchilarining nega Ispaniya kubokni olayotganda ortiga o‘girilib turganiga izoh berdi

JCH–2026 finalida Ispaniya Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Martines Argentina futbolchilarining nega Ispaniya kubokni olayotganda ortiga o‘girilib turganiga izoh berdi
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines JCH–2026 finalidan keyin yuzaga kelgan bahsli vaziyatga munosabat bildirdi. U futbolchilar Ispaniya kubokni qabul qilayotgan paytda ataylab hurmatsizlik qilmaganini ta’kidladi.

Martinesning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda jamoa tribunadagi argentinalik muxlislar bilan birga qo‘shiq kuylayotgan bo‘lgan. Shu sababli ular podiumga emas, aynan muxlislar tomon yuzlangan.

“Videoda biz kameraga orqa o‘girib turgandek ko‘rinyapmiz. Aslida esa muxlislarimiz bilan birga qo‘shiq aytayotgandik. Bu ularga bo‘lgan hurmatimiz edi. Finaldan keyin esa Ispaniya futbolchilari va murabbiylar shtabining barchasi bilan salomlashdik”, — dedi Martines.

Shuningdek, himoyachi Argentina terma jamoasiga nisbatan aytilayotgan “kibrli jamoa” haqidagi tanqidlarni ham rad etdi.

“Bizni kibrli deyishmoqda, ammo bu gaplarni aytayotganlar o‘zlari haqida ko‘proq ma’lumot bermoqda. Biz har doim raqiblarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 finalida Ispaniya Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Uchrashuvdan keyin argentinalik futbolchilarning Ispaniya kubokni qabul qilayotgan paytda orqa o‘girib turgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting