locale OZ

Martines APLda qolishni xohlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Martines APLda qolishni xohlamoqda
Photo: Getty Images

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining boy klublari jahon chempioniga foydali taklif bilan chiqishga tayyor.

Biroq argentinalik 32 yoshli kipr yuqori saviyada o‘ynashda davom etishga qaror qilgan, buning ustiga uning rafiqasi Angliyada biznes yuritadi.

Avvalroq, Emiliano Martines "Manchester United"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Qizil iblislar" Andre Onananing jarima maydoni ichidagi ishonchsiz o‘yinini inobatga olgan holda yangi asosiy darvozabon qidirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting