Martinelli «Al-Hilol»ga o'tishga rozi bo'ldi
"Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
"Al-Hilol" londonliklar va Braziliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Kanonirlar" Gabriel uchun taxminan 60 million olishni xohlamoqda, futbolchining o'zi esa Saudiya klubiga o'tishga tayyor.
Avvalroq Martinelli "Galatasaroy"ga o'tishdan bosh tortgan edi — turklar 45 million yevro taklif qilishgan edi.
Ma'lumot uchun, braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirib, klubga Angliya chempionligini qo'lga kiritish va Chempionlar ligasi finaliga chiqishga yordam berdi. JCH-2026da 4 ta o'yinda 1 ta gol urdi.