Martin Boake: Klub bilan oʻz oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishishni istayman
“Andijon” klubining qishki seleksiya paytida amalga oshirgan transferlaridan biri Martin Boake boʻlib, muxlislar uchun u begona emas.
Boisi, Oʻzbekistonga ilk bor kelgan 2021-yili aynan “Andijon”da yarim mavsum toʻp surgan.
Hozirda ushbu hujumchi “Andijon” bilan Antaliya yigʻinida astoydil mehnat qilmoqda va kuni kecha klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.
Qaytish va hissiyotlar
- "Andijon"ga qaytish hissi qanday? Bu klub sizning faoliyatingizda nimasi bilan alohida?
- Men ortga qaytganimdan oʻzimni juda yaxshi his qildim va bu qarorimdan juda xursandman.
- 2021-yildan beri sizda qanday oʻzgarishlar boʻldi?
- Men koʻp tajriba oldim va hozir ancha ulgʻaydim.
- Qaytib kelishingizda qaysi omil asosiy rol oʻynadi?
- Birinchisi, bosh murabbiyimiz bilan bu klubda nimalarga erishishimiz haqida juda yaxshi gaplashdik. Ikkinchisi, men ushbu jamoaga birinchi marta kelganimda boshlagan ishimni tugatish uchun qaytdim.
Tajriba va oʻsish
- OKMK, Tailand va Turkiyada oʻynash sizga nimani oʻrgatdi?
- Nima boʻlishidan qatʼiy nazar, har lahzadan zavqlanish.
- Qaysi chempionat uslub jihatidan sizga eng qiyin boʻldi?
- Xitoy (superliga).
- Bu tajribalar “Andijon”da sizga qanday foyda beradi?
- Oldingidan ham qattiq ishlash.
Maydondagi maqsadlar
- Bu mavsum uchun shaxsiy maqsadingiz qanday?
- Klub bilan oʻz oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishishni istayman va bu borada qoʻlimdan kelganicha yordam bermoqchiman.
- “Andijon” muxlislariga qanday oʻyin va gollar ulashmoqchisiz?
- Men Andijondaligimda urgan gollarim bilan baham koʻrishni yaxshi koʻrardim. Lekin oʻshanda unchalik koʻp gol urmagandim. Bu safar oʻzimni yanada yaxshiroq koʻrsatishni istayman.
- Jamoada yosh hujumchilar bor — ularga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?
- Qoʻrqmaslik, qattiq ishlash va futboldan zavqlanishni.