Martin Boake «Andijon»ga qaytdi
Italiya hamda Gana fuqarosi boʻlgan tajribali hujumchi Martin Boake yana “Andijon”ga qaytdi. Olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topdi va tomonlar rasman shartnoma imzoladilar.
Yodingizda boʻlsa, Boake 2021-yili ham “Burgutlar” safida yarim mavsum toʻp surgan. Yurtimizdagi faoliyatini aynan "Andijon"da boshlagan va yana u "Burgutlar"ga aylandi.
Maʼlumot uchun, Martin Boake
1995-yilning 10-fevral sanasida tavallud topgan. “Solesineke” (Italiya), “Kitzbyuxel” (Avstriya), “Xoxenems” (Avstriya), “Jeness Esh” (Lyuksemburg), “Slaven” (Xorvatiya), OKMK (Oʻzbekiston), “Sindao” (Xitoy), “Buriram Yunayted” (Tailand) va “Boluspor” (Turkiya) klublarida toʻp surgan.
Boake “Andijon”ga kelishdan avval aynan Turkiya chempionatida “Boluspor” safida faoliyat olib borgan. U yerda 19 ta uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta assistni amalga oshirgan.
Hozirga qadar Martin faoliyati davomida 308 ta oʻyinda 111 ta gol urgan va 16 ta golda assist vazifasini bajargan.
Boakeda 4 ta sovrin boʻlib, “Buriram” tarkibida barcha yutuqlarni qoʻlga kiritdi.