Marsiyal Meksika klubi bilan shartnoma imzoladi
U Serxio Ramosning jamoadoshiga aylandi.
Фото: Монтеррей
Hujumchi Antoni Marsiyal AEKdan "Monterrey"ga o'tdi, deb xabar bermoqda Meksika klubi matbuot xizmati.
Futbolchi bilan kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
29 yoshli fransuz "Monterrey" safida 9-raqam ostida harakat qiladi. Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv summasi 3,85 million yevroni tashkil etdi.
Futbolchi 2024/25-yilgi mavsumda AEK safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist