locale OZ

Marsial Serxio Ramosning jamoadoshi bo‘ldi

U faoliyatini Meksikada davom ettiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marsial Serxio Ramosning jamoadoshi bo‘ldi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Antoni Marsial "Monterrey"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Fransiyalik hujumchi Serxio Ramos bilan bir jamoada to‘p suradi. Gretsiyaning AEK klubi Marsialga Meksikaga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun yo‘lga chiqishga ruxsat berdi.

Futbolchining yillik 2,5 million yevro sof maoshi uning AEKdan ketishiga asosiy to‘siq bo‘lib turgan edi. Biroq Meksika klubi u bilan nihoyat kelishuvga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Antoni "Manchester Yunayted"dan AEKga 2024/2025 yilgi mavsumda kelgan edi va u barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda 9 ta gol urib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting