Marselo: «Messiga qarshi oʻynash — haqiqiy dahshat edi»
Madridning «Real» klubi afsonaviy himoyachisi Marselo o‘z faoliyati davomida kataloniyaliklarning yulduz hujumchisi Lionel Messiga qarshi o‘tkazgan uchrashuvlari haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
«Unga qarshi o‘ynash qiyin edi, deb aytish — vaziyatni juda yumshatib ko‘rsatish bo‘ladi. Ba’zida Messiga qarshi to‘p surish haqiqiy dahshat edi», — deya braziliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi FourFourTwo nashri.
Lionel Messi «Barselona» safida 17 yil davomida jami 778 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 672 marotaba ishg‘ol qilgan. Bu vaqt ichida u jami 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, shulardan 10 tasi Ispaniya chempionligi, 4 tasi esa UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibligidir.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi 2021 yilda «Barselona»ni tark etib, faoliyatini Fransiyaning «PSJ» klubida davom ettirgan edi.