«Marsel» yangi bosh murabbiy qidira boshladi
L'Equipe xabar berishicha, "Marsel" klubi yangi bosh murabbiy izlamoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xabib Bey oldiga ikki asosiy maqsad qo‘yilgan edi – jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqish va Fransiya kubogi finaliga yo‘llanma olish. 48 yoshli senegallik murabbiy bu ikki vazifani bajara olmadi.
Bey 2026 yil fevralidan beri "Marsel"da ishlamoqda. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Ilgari u "Red Star" va "Renn" jamoalarida faoliyat yuritgan.
Bosh murabbiy lavozimi uchun nomzodlar qatoriga quyidagilar kiritilgan: Bruno Jenezio ("Lill"), Adi Xyutter (2025 yil kuzida "Monako"dan ketgan) va Kristof Galtje ("Neom").
Hozirgi vaqtda "Marsel" Fransiya chempionati jadvalida 33 uchrashuvdan so‘ng 56 ochko bilan 6-o‘rinda turibdi.