locale OZ

«Marsel» Rouni «Bolonya»ga sotdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Marsel» Rouni «Bolonya»ga sotdi
Фото: Bologna CF

"Marsel" Jonatan Rouning ketganini e'lon qildi. Angliyalik vinger faoliyatini “Bolonya”da davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Rou va uning jamoadoshi Adrien Rabio “Renn”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kiyinish xonasida mushtlashgan edi. Natijada klub rahbariyati tomonidan sotuvga qo'yilgandi.

Rou "Bolonya" bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Transfer qiymati 19,5 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, fransuz klubi uning keyingi transferidan 10% ulush oladi.

O'tgan mavsumda Rou “Marsel” safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt 22 yoshli forvardni 12 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting