\"Marsel\" Obameyangga 2 yillik shartnoma taklif qildi
Photo: Getty Images
Gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyang "Marsel"ga qaytishi mumkin. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, fransuz klubi 36 yoshli hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Avvalroq forvard Saudiya Arabistoni ishtirokchisi “Al-Qodisiya” safida to‘p surgan. O‘tgan mavsumda Obameyang 36 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pyer-Emerik allaqachon "Marsel"da o‘ynagan. Hujumchi 2023 yildan 2024 yilgacha Fransiya jamoasi sharafini himoya qilgan. Futbolchining transfer qiymati 3,5 million yevroga baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor