Marsel Neymarni Fransiyaga qaytarmoqchi
Photo: Getty Images
"Santos" hujumchisi Neymar bilan "Marsel" qiziqmoqda. Bu haqda Bola xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransuz klubi 33 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Neymar yaqinda "Santos" bilan shartnomasini 2025 yil oxirigacha uzaytirganiga qaramay, kelishuv amalga oshishi mumkin.
Futbolchining o‘zi ham Yevropaga qaytishga tayyor. Avvalroq uni "Barselona"ga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.
2025 yilda u barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor