locale OZ

\"Marsel\" - \"Nant\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi

Fransiya chempionatida o‘tkazilgan 17 uchrashuvdan so‘ng "Marsel" ochkolarini 32taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 "Marsel" - "Nant" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi
photo: gettyimages

Fransiya Liga 1 17-turidan o‘rin olgan "Marsel" - "Nant" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Marsel" yarim himoyachisi Artur Vermeren 26-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Faben Sentons hisobni ochdi. Goldan so‘ng 32-daqiqada mezbonlar hujumchisi Bilol Nodir maydonga tushdi. Ikkinchi bo‘limda Nodir 54-daqiqada sariq kartochka oldi, 56-daqiqada esa qoida buzgani uchun ikkinchi bor ogohlantirildi va maydonni tark etdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Remi Kabella penaltidan unumli foydalanib, mehmonlarning ustunligini oshirdi.

Fransiya chempionatida o‘tkazilgan 17 uchrashuvdan so‘ng "Marsel" ochkolarini 32taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Nant" 16-pog‘onadan joy olgan, jamoa hisobida 14 ochko mavjud.

Marsel - Nant - 0:2
Gollar: Sentonz, 31 (0:1). Kabella, 88 - penaltidan (0:2)
Marsel: Ruli, Igan-Rayli (Traore, 73), Medina (Murilo, 46), Pavar, Vermeren, Xeyberg, Emerson, Vea, Grinvud (Guiri, 73), Payshan (Nadir, 32), Obameyang (O'Rayli, 61)
Nant: Antoni Lopesh, Kozza, Tati, Amyan, Machado, Sentonz (Dukure, 46), Koklen (Kabella, 58), Mvanga (Lepeno, 63), Ablen, Assumani (Leru, 58), El-Arabi (Girassi, 82)
Ogohlantirishlar: Nadir, 54 - Mvanga, 33. Assumani, 51. Girassi, 90
Chetlatishlar: Vermeren, 26. Nadir, 56 (ikkinchi sariq kartochka)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting