locale OZ

\"Marsel\" Mourinyu rejalariga kirmayotgan \"Real\" himoyachisini transfer qilmoqchi

Hozircha tomonlar o'rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma'lumot yo'q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Marsel" Mourinyu rejalariga kirmayotgan "Real" himoyachisini transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images

Fransiyaning "Marsel" klubi Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Diyego Agadoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, yangi bosh murabbiy Joze Mourinyu 19 yoshli futbolchini kelgusi mavsum rejalari tarkibiga kiritmagan. Shu sababli "Real" uning ijaraga berilishi yoki transferi bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Qayd etilishicha, "Marsel" Agadoni asosiy tarkib uchun istiqbolli variant sifatida ko'rmoqda va yaqin kunlarda Madrid klubi bilan muzokaralarni boshlashi mumkin. Hozircha tomonlar o'rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma'lumot yo'q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting