locale OZ

«Marsel» Grinvuddan norozi

Joriy mavsumda u 30 turda 15 ta gol urgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marsel Grinvuddan norozi
ФОТО: Getty images

Fransiyaning “Marsel” klubi yarim himoyachi Meyson Grinvudning harakatlaridan norozi, deb xabar beradi L’Équipe.

Manbaga ko‘ra, futbolchi yangi murabbiylar shtabi bilan muammolarga duch kelmoqda. Bosh murabbiy Xabib Beye Grinvud uning ko‘rsatmalariga ahamiyat bermagani uchun mashg‘ulotni to‘xtatgan.

Klub rahbariyatining noroziligiga futbolchining marketing tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortgani va fransuz tili darslariga qatnashmayotgani ham sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, klub futbolchidan kutilgan mehnatsevarlik va jonbozlikni ko‘ra olmayapti.

Joriy mavsumda u 30 turda 15 ta gol urgan. Grinvud 2024 yil iyul oyida “Manchester Yunayted”dan “Marsel”ga o‘tgan va besh yillik shartnoma imzolagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting