locale OZ

«Marsel» bosh murabbiyi boʻlishi kutilayotgan asosiy nomzod maʼlum boʻldi

Bu haqda klub sport direktori maʼlum qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Marsel» bosh murabbiyi boʻlishi kutilayotgan asosiy nomzod maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Renn» bosh murabbiyi Xabib Bey faoliyatini «Marsel»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, klub xo‘jayini Frenk Makkort va sport direktori Mexdi Benatia muxlislar bilan uchrashuv chog‘ida Bey jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, mutaxassis va uning murabbiylar shtabi «Renn»dagi ishidan chetlatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda «Olimpik» rahbariyati Liga 1 mutasaddilari bilan bog‘lanib, mutaxassisning sobiq klubi bilan mehnat shartnomasi to‘liq yakunlanganiga aniqlik kiritishi lozim. Kutilishicha, Bey yangi jamoasi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolaydi.

Hozirda «Marsel» Liga 1 turnir jadvalida 22 turdan so‘ng 40 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting