locale OZ

“Marsel” atigi 23 soniyada gol o‘tkazib yubordi

Uchrashuv “Pari FC”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Marsel” atigi 23 soniyada gol o‘tkazib yubordi
Foto: Getty Images

“Marsel” Fransiya chempionatida o‘zi uchun noxush statistik natijani qayd etdi. Liga 1’ning 3-turida “Pari FC”ga qarshi “Velodrom”da o‘tgan uchrashuvda mezbonlar o‘yin boshlanganidan atigi 23 soniya o‘tib gol o‘tkazib yubordi. Lassina Sinayoko tezkor hujumni aniq zarba bilan yakunlab, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Opta statistikasi yuritila boshlangan davrdan buyon “Marsel” Liga 1 uchrashuvida bunchalik erta gol o‘tkazib yubormagan edi. Sinayokoning 23-soniyadagi goli joriy chempionatdagi eng tezkor gollardan biri bo‘ldi. Liga 1 tarixidagi rekord esa Kilian Mbappega tegishli — u 2022-yilda PSJ safida “Lill” darvozasini sakkizinchi soniyadayoq ishg‘ol qilgan.

Uchrashuv “Pari FC”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Sinayoko esa birgina tezkor gol bilan cheklanib qolmadi — maliyalik hujumchi uchta gol urib, xet-trik qayd etdi va jamoasining safardagi muhim g‘alabasining bosh qahramoniga aylandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting