Marokash muxlislari Fransiya terma jamoasi mehmonxonasi oldida tun bo‘yi bayram qildi
Fransiya va Marokash o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Foto: Getty Images
Marokash terma jamoasi muxlislari JCh-2026 chorak finali oldidan Fransiya futbolchilari joylashgan mehmonxona atrofida shov-shuvli muhit yaratdi.
Xabarlarga ko‘ra, muxlislar tun davomida feyerverklar yoqib, baraban chalib va qo‘shiqlar kuylab jamoalar uchrashuvi oldidan o‘z terma jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan. Ayrim videolarda mehmonxona atrofida katta olomon to‘plangani ham aks etgan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim muxlislar buni futbol muhitining bir qismi sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar raqib jamoaning tayyorgarligiga xalaqit berishga qaratilgan harakat sifatida tanqid qilmoqda.
Fransiya va Marokash o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.