Marokash ketma-ket 34-o‘yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti
Marokash terma jamoasi xalqaro maydondagi ajoyib seriyasini davom ettirmoqda. Kanada ustidan Jahon chempionatining nimchorak finalida qo‘lga kiritilgan 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabadan so‘ng "Atlas sherlari" ketma-ket 34-o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi.
Ushbu seriya davomida Marokash 28 ta g‘alaba va 6 ta durang qayd etgan. Jamoa so‘nggi bor 2024-yil boshida mag‘lub bo‘lgan va shundan buyon na Afrika saralash bahslarida, na o‘rtoqlik uchrashuvlarida, na Jahon chempionatida yutqazmadi.
Valid Regragui boshchiligidagi jamoa 2022-yilgi mundialdagi tarixiy yarim finaldan so‘ng ham yuqori saviyasini saqlab qolmoqda. Endilikda Marokash ketma-ket ikkinchi Jahon chempionatida chorak finalga yo‘l oldi va yarim final yo‘llanmasi uchun Paragvay hamda Fransiya o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.