Marokash Fransiyaga qarshi muhim o‘yinda asosiy futbolchisiz maydonga tushadi
Marokash terma jamoasi JCh-2026 chorak finalida Fransiyaga qarshi bahs oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi.
Jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Ismoil Saibari jarohati sabab bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uahbi matbuot anjumanida rasman ma'lum qildi. Saibari son mushaklaridan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.
Murabbiy futbolchining yo‘qligi jamoa uchun katta yo‘qotish ekanini tan olgan bo‘lsa-da, Marokash o‘z o‘yin uslubidan voz kechmasligini ta'kidladi. Shuningdek, u Saibarining turnir davomida safga qaytishidan umid qilayotganini ham bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ismoil Saibari JCh-2026da Marokashning eng yorqin futbolchilaridan biri bo‘lib, guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.