Marokash bosh murabbiyi: «Sodir boʻlgan voqeani oʻzgartira olmaymiz. Uning oʻzi shunday tepishni tanladi»
«Marokash» milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi Afrika Kubogi finalida Senegal terma jamoasiga (0:1) qarshi o'tgan o‘yinda Braim Dias amalga oshira olmagan penalti to‘g‘risida fikr bildirdi.
Bahsli penalti belgilanganidan so‘ng Senegal bosh murabbiyi Pap Tyav jamoani maydonni tark etishga majbur qilgan edi. Keyinchalik Sadio Mane o‘yinchilarni qaytargan, Braim Dias esa penalti zarbasini panenka uslubida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozabon Eduard Mendi qo‘liga yo‘naltirgan edi.
«U zarba berishdan oldin ko‘p vaqtga ega edi, bu esa uni ruhiy jihatdan chalg‘itgan bo‘lishi mumkin. Lekin sodir bo‘lgan voqealarni o‘zgartira olmaymiz. U o‘zi shunday urishni tanladi. Endi biz faqat oldinga qarashimiz kerak», — deydi Regragi.
Senegal milliy terma jamoasi g‘alabasini qo‘shimcha vaqtning oxirida Pap Geye kiritgan gol ta’minladi. Shu tariqa Senegal tarixida ikkinchi marta Afrika Kubogi g‘olibi bo‘ldi.