locale OZ

Marmush uchun uch klub kurashga qo‘shildi

Marmush 2025 yil yanvarida "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marmush uchun uch klub kurashga qo‘shildi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Chig‘atoy Chelik xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, misrlik forvardga uchta da’vogar bor: "Galatasaroy", "Aston Villa" va "Tottenxem".

Futbolchining o‘zi esa Angliyada qolishni istamoqda. U "Manchester Siti"ni faqat ijaraga asosida tark etish haqida o‘ylamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Marmush 2025 yil yanvarida "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting