locale OZ

Marmush – «Tottenxem» futbolchisi (Romano)

Tomonlar dastlabki ijara shartnomasi bo‘yicha kelishib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marmush – «Tottenxem» futbolchisi (Romano)
ФОТО: Getty images

«Tottenxem» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar dastlabki ijara shartnomasi bo‘yicha kelishib olgan. Bitimda futbolchini sotib olish bandi mavjud bo‘lib, muayyan shartlar bajarilganda ushbu band majburiy xaridga aylanadi. Transferning umumiy qiymati 50 million funtni tashkil etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Marmush 2025 yil yanvarida «Ayntraxt»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan. Misrlik hujumchi Manchester klubida hujum chizig‘ining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting