locale OZ

Marmush «Siti»dan ketishi mumkin

Unga «Aston Villa» jamoasi qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marmush «Siti»dan ketishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Football Insider nashri xabar berishicha, misrlik forvard jamoada o‘z holatidan mamnun emas. Shu sababli u agenti bilan yangi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Unga «Aston Villa» jamoasi qiziqmoqda. «Tottenham» APLda qolish vazifasini uddalay olsa, Marmushga ham taklif yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2025 yil yanvarida Germaniya klubidan «shaharliklar» safiga kelib qo‘shilgandi.

Marmush ushbu mavsumda barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting