locale OZ

Marmush: «Jamoaga gollarim bilan yordam berganimdan xursandman»

Omar "Nyukasl" bilan bahsda dublga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marmush: «Jamoaga gollarim bilan yordam berganimdan xursandman»
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" safarda "Nyukasl" ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Hujumchi Omar Marmush "shaharliklar"ning ikki goliga mualliflik qildi. O‘yindan so‘ng misrlik forvard bahs borasida fikrlarini bildirdi.

"Bu ajoyib o‘yin edi. Biz bahsni yaxshi boshlay olmadik va gol o‘tkazib yubordik, ammo keyin xarakter va ishtiyoqni namoyish etdik.

Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz. Jamoaga gollarim bilan yordam berganimdan juda xursandman. Yaxshi ishlarni davom ettirishga harakat qilamiz", — dedi Marmush.

Eslatma uchun, "Manchester Siti" keyingi bosqichga chiqdi. Tez orada jamoaning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting