locale OZ

Marlen Chobanov «Erbil» futbolchisiga aylandi

Himoyachi yangi jamoasida 14-raqamda o‘ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marlen Chobanov “Erbil” futbolchisiga aylandi
ФОТО: Getty images

Iroq chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning soni yana bittaga oshdi.

“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi Marlen Chobanov “Erbil” klubi bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi Iroqqa yetib bordi va shartnoma imzoladi.

Chobanov bunga qadar Tojikistonning "Istiqlol" klubida to‘p surib kelayotgan edi. Yangi jamoasida u 14-raqam ostida harakat qiladi.

Shu tariqa, “Erbil” safida o‘ynaydigan o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari soni ikkita yetdi. Hujumchi Sherzod Temirov bu klub safida to‘purar hisoblanadi.

Shuningdek, Baxtiyorjon Qosimov ham “Amonat Bag‘dod” safida o‘ynamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting