Markus Reshford APLning uchta klubiga rad javobini berdi
“Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshford yozgi transfer oynasida Angliya Premer-ligasining uchta klubidan taklif olgan, biroq ularning barchasini rad etgan. 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni “Barselona” safida ijara asosida o‘tkazib, yozda Manchester klubiga qaytdi.
Jurnalist Sam C ma’lumotiga ko‘ra, Reshfordga APLning uchta jamoasi qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, futbolchini taklif qilingan variantlarning hech biri qoniqtirmagan va u Angliyaning boshqa klubiga o‘tishni istamagan.
Hozirda Reshford bor e’tiborini “Manchester Yunayted”dagi faoliyatiga qaratgan. Avvalroq uning yozda yana jamoani tark etishi kutilayotgan edi, biroq hozircha futbolchi Manchesterda qolishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Markus Reshfordning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali angliyalik futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.