locale OZ

Markus Babbel: «Liverpul» Garri Keynga qiziqishi kerak

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markus Babbel: «Liverpul» Garri Keynga qiziqishi kerak
Markus Babbel: «Liverpul» Garri Keynga qiziqishi kerak

«Liverpul», «Bavariya» va «Gamburg» jamoalarida to'p surgan sobiq futbolchi Markus Babbelning fikricha, agar hujumchi Darvin Nunes jamoani tark etsa, angliyalik klub «Bavariya» forvardi Garri Keynga e'tibor qaratishi kerak.

Liverpool Echo nashri Babbel so'zlarini shunday keltiradi:
«Nunes ko'proq o'yin amaliyoti olishi kerak. Ammo agar “Liverpul” uni yozda sotishni rejalashtirayotgan bo'lsa va chindan ham yuqori darajali to'purarni olishni xohlasa, Garri Keynga qarash kerak. Agar u Angliya Premer-ligasiga qaytsa, jamoaga juda ko'p narsa bera oladi».

Joriy mavsumda Nunes barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 7 ta assist berdi. Uning «Liverpul» bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga teng.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting