Markos Senesi Argentina terma jamoasiga chaqirildi
Futbolchi hozirga qadar milliy jamoa safida uchta oʻyinda maydonga tushdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
«Tottenhem» himoyachisi Markos Senesi Argentina terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda milliy terma jamoa matbuot xizmati maʼlum qildi.
29 yoshli futbolchi terma jamoada jarohat olgan «Marsel» himoyachisi Leonardo Balerdini almashtiradi.
Senesi Argentina milliy terma jamoasi safida shu vaqtgacha uchta oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.
Yakunlangan mavsumda himoyachi «Bornmut» sharafini himoya qilgan edi. U barcha musobaqalarda 39 ta oʻyinda ishtirok etib, oʻz hisobiga 5 ta golli uzatmani yozdirib qoʻygan. Transfermarkt portali taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining ayni paytdagi transformat qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.