Marko Verratti \"Al-Duhail\" futbolchisiga aylandi
Photo: Getty Images
Italiyalik yarim himoyachi Marko Verratti Qatarning "Al-Duhail" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
32 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolangan, biroq uning muddati hali oshkor qilinmagan.
Verratti bunga qadar Qatarning boshqa bir klubi – "Al-Arabi" jamoasida o‘ynagan. Bu klub safida ikki yil to‘p surdi. Shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng “Al-Duhail” a’zosiga aylandi.
Verratti Qatar chempionatining joriy mavsumida 16 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor