locale OZ

Markinyos Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Markinyos Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images

"PSJ"ning braziliyalik himoyachisi Markinyos yozgi mavsumlar oralig‘ida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda L'Equipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar 30 yoshli futbolchini sotib yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. “Al-Hilol” va “Al-Ahli” ushbu himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi "PSJ" safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Futbolchining “PSJ” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting