Markinyos: «Ijobiy kayfiyatni saqlab qolishimiz kerak»
Markinyos "PSJ"ning Fransiya chempionati 34-turida "Parij"ga qarshi o'yindagi (1:2) mag'lubiyatiga izoh berdi.
«Biz o'z darajamizda o'ynay olmadik, ayniqsa jonbozlik borasida. Bu, ayniqsa, birinchi bo'limda sezildi — deyarli hech qanday xavfli vaziyat yarata olmadik. Biroq ijobiy kayfiyatni saqlab qolishimiz kerak, chunki eng muhimi hali oldinda — bu Chempionlar ligasi finali.
Shu bilan birga, biz raqobatbardosh jamoamiz va doimo g'alaba qozonishni istaymiz, ayniqsa bu derbi o'yini edi. Raqib juda yaxshi jamoa, ularga qarshi o'ynash har doim qiyin. Ammo ayni paytda har ikki jamoa mavsumning turli bosqichlarida turibdi», — dedi Markinyos L'Équipe nashriga.
Ma'lumot uchun, "PSJ" mavsumni 34 o'yinda 76 ochko to'plab, Liga 1 jadvalida birinchi o'rinda yakunladi. "Parij" esa 44 ochko bilan 11-pog'onadan joy oldi.