locale OZ

Markinyos Fransiya fuqaroligini olmoqchi

Braziliyalik himoyachi hozirda «PSJ» safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markinyos Fransiya fuqaroligini olmoqchi
FOTO: Getty Images

«PSJ» va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinos Fransiya fuqaroligini olish istagini bildirdi.

«Biz bu borada ish olib boryapmiz, turmush o‘rtog‘im allaqachon hujjat topshirgan. Men ham shu masala ustida ishlayapman. Bu Fransiya va Parij menga bergan hamda hayotimga olib kirgan barcha narsalarni ramziy tarzda ifodalash usuli hisoblanadi. Oxir-oqibat fransuz fuqarosi bo‘lish men uchun katta sharaf bo‘lardi. Men Braziliyada 18 yil yashaganman, Fransiyada esa allaqachon 13 yildan beri istiqomat qilaman. Shu bois mening katta bir qismim Parij bilan bog‘liq bo‘lishi ajablanarli emas. Farzandlarim shu yerda tug‘ilgan, turmush o‘rtog‘im ham bu yerda, men kelganimdan buyon yonimda. Nega endi Parijda yashashni davom ettirmaslik kerak?

Ammo buning uchun ko‘p narsani o‘ylab ko‘rish lozim: yana necha yil bu yerda to‘p suraman va faoliyatimni yakunlagach ham shu yerda qolamanmi», — deya Markinosning so‘zlarini keltiradi L’Équipe.

Joriy mavsumda himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting