Markinyos: «Endi erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolish mumkin emas»
«PSJ» sardori Markinyos jamoasining Chempionlar ligasi finalidagi g’alabasiga munosabat bildirdi.
«Bu aql bovar qilmaydi. Bizga aytishgandi: birinchi marta — bu tarix, ikkinchi marta — bu afsonaga aylanish. Ta’tildan qaytgan kunimizdanoq bizni ruhlantirgan narsa shu bo‘ldi. Ikkinchi chempionlikni qo‘lga kiritish yanada qiyinroq. Mavsum uzoq davom etdi. Biz ko‘p ishladik, ko‘p narsalarni boshdan kechirdik. Mavsum boshida bizda ancha qiyinchiliklar bo‘ldi, lekin jamoa kerakli paytda o‘z sur’atini topdi — aynan shu narsa bizga bunday natijaga erishish imkonini berdi. Bu jamoa bilan biz buyuk ishlarga qodirmiz.
Penaltilar seriyasidagi yechimga kelsak [o‘tgan yilgi 5:0 hisobidan farqli o‘laroq], hissiyotlar butunlay boshqacha. Birinchi g‘alaba qanday qo‘lga kiritilganidan qat’i nazar, ajoyib edi. Lekin bu safargisi ham shunday, chunki u ancha qiyinroq bo‘ldi. Bizni uchinchi chempionlikni qo‘lga kiritishga undaydigan murabbiyimiz bor. Ammo kelgusi mavsum ham deyarli dam olishsiz o‘tadi.
Murabbiy bu mavsumda har bir futbolchi uchun o‘yin vaqtini a’lo darajada taqsimladi. Bugun bizda to‘liq tarkib bor edi. Lekin endi erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolish mumkin emas. Biz ikkita chempionlikni qo‘lga kiritdik — g‘alabalarga bo‘lgan ochlikni saqlab qolishimiz kerak, aks holda klub pastga sho‘ng‘ishi mumkin, biz esa buni xohlamaymiz. “PSJ” ajoyib onlarni boshdan kechirishga loyiq. Biz bunday yirik g‘alabalarga qanday erishishni tushundik — o‘zimizga nisbatan yuqori talablarni saqlagan holda shu ruhda davom etishimiz kerak.
Luis Enrike hammaga qulay bo‘lgan ahil jamoa yarata oldi. U bizga singdirayotgan mentalitet tufayli biz ajoyib vaqt o‘tkazyapmiz», — deya Markinyosning so‘zlarini keltiradi L’Équipe.
Eslatib o'tamiz, «PSJ» ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.