locale OZ

Markinyos: «Anchelotti bizga Jahon chempionati oldidan kerakli boʻlgan haqiqiy uchqunni olib kirdi»

Braziliya terma jamoasi himoyachisi bosh murabbiy haqida fikr bildirdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Markinyos: «Anchelotti bizga Jahon chempionati oldidan kerakli boʻlgan haqiqiy uchqunni olib kirdi»
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinyos bosh murabbiy Karlo Anchelottining jamoadagi roli haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassis 2025-yil 12-may kuni milliy terma jamoa boshqaruviga kelgan edi.

«Anchelotti — jamoani qanday qilib chempionga aylantirishni bilishini isbotlagan koʻp karra gʻolib (Yevropaning top-5 ligalarida). Oʻylaymanki, u hozir rulligida turgani biz uchun juda muhim. U muqarrar boʻlgan qiyinchiliklar va bosimni ajoyib tarzda yengib oʻtmoqda.

Yoningda oʻz jamoasini, oʻyinchilarini chin dildan tushunadigan, oʻyinning taktik tomonini juda yaxshi biladigan va eng muhimi — chempion boʻlish uchun nima kerakligini hammadan yaxshi anglaydigan murabbiy borligidan xursandmiz. U jamoaga haqiqiy uchqunni — Jahon chempionati oldidan bizga juda zarur boʻlgan qoʻshimcha ustunlikni olib kirdi», — deya Markinyosning soʻzlarini keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.

Maʼlumot uchun, Anchelotti 2013-yildan 2015-yilgacha hamda 2021-yidan 2025-yilgacha Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Ushbu davrda uning qoʻl ostida Ispaniya klubi uch marta Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan, ikki marta Ispaniya chempioni boʻlgan, ikki marta Ispaniya kubogi va superkubogini qoʻlga kiritgan, uch marta UEFA superkubogida gʻalaba qozongan, Qitʼalararo kubok hamda ikki marta klublar oʻrtasidagi jahon chempionligiga ega chiqqan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting