locale OZ

Markaziy banki milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi

Tangalar 18-iyundan muomalaga chiqariladi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Markaziy banki milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi
FOTO: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki milliy terma jamoamizning futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokini keng jamoatchilikka yetkazish hamda mamlakat sport tarixidagi ushbu muhim voqeani muhrlash maqsadida maxsus kolleksion oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqarmoqda.

Asllik darajasi 999,9 bo‘lgan sof oltin va kumushdan zarb etilgan mazkur tangalarning bosh qismida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) rasmiy logotipi, klassik futbol to‘pi tasviri hamda «Tarixiy zafar. O‘zbekiston futboli Jahon chempionatida - 2026» nomli maxsus matn o‘rin olgan.

Tanga dizayn konsepsiyasida milliy terma jamoaning ramziy nomi hisoblangan «Oq bo‘rilar» timsoliga alohida urg‘u berilgan. Unda aks etgan bo‘ri silueti musobaqa qaydnomasidan o‘rin olgan 26 nafar futbolchi ramzi bo‘lib, ushbu tarixiy natija butun jamoaning ahlligi, birdamligi va yuksak mehnati mahsuli ekanini ifodalaydi.

Markaziy bank tomonidan cheklangan tirajda chiqarilayotgan mazkur esdalik tangalari 2026-yilning 18-iyun kunidan boshlab yurtimizdagi tijorat banklarining hududiy filiallarida rasman sotuvga qo‘yiladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting