Mark Kukurelya «Real Madrid» futbolchisiga aylandi — Romano
Madridliklar transfer uchun 55+5 million yevro toʻlaydi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Madridning «Real» klubi bilan kelishuvga imzo chekdi. Bu haqda Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Ispaniya klubi ushbu futbolchi uchun «Chelsi»ga 55 million yevro toʻlaydi, shuningdek, shartnomada yana 5 million yevro bonuslar koʻrinishida koʻzda tutilgan.
Kukurelya faoliyati davomida «Espanyol» va «Barselona» jamoalarida oʻynagan. Professional darajada himoyachi, shuningdek, «Eybar», «Xetafe» hamda «Brayton» klublari safida ham toʻp surgan. Futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda 2024-yilda Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan edi.
Yakunlangan klub mavsumida Kukurelya barcha turnirlarda jami 50 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.