locale OZ

Mark Kukurelya: «Mourinyu men bilan qo‘ng‘iroqlashganda «Chelsi» va «Benfika» o‘yinidagi detallarni esladi»

Avvalroq Madrid grandi ispaniyalik himoyachini oʻz safiga qoʻshib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mark Kukurelya: «Mourinyu men bilan qo‘ng‘iroqlashganda «Chelsi» va «Benfika» o‘yinidagi detallarni esladi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yangi himoyachisi Mark Kukurelya «qirollik klubi»ga o‘tishidan avval jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan bo‘lib o‘tgan suhbat tafsilotlarini ochiqladi. Ispaniya granti futbolchining transferini 15-iyun kuni rasman e’lon qilgan edi.

«Men Mourinyu bilan suhbatlashdim. U menga qo‘ng‘iroq qilib, men bilan birga ishlashni xohlayotganini aytdi. Men ham ushbu hamkorlikni sabrsizlik bilan kutyapman.

Suhbatimiz juda tez fursat ichida hal bo‘ldi. Menga uning ancha vaqt oldin o‘tkazilgan «Chelsi» va «Benfika» uchrashuvidagi harakatlarimni eslagani va mayda detallargacha e’tibor qaratgani juda yoqdi. Bunday munosabat menga bu amalga oshirishim kerak bo‘lgan to‘g‘ri qadam ekanligiga to‘liq ishonch bag‘ishladi», — deya Kukurelyaning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting