locale OZ

Mark Kukurelya kelajakda «Barselona»ga qaytishni inkor etmadi

Ispaniya himoyachi kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mark Kukurelya kelajakda «Barselona»ga qaytishni inkor etmadi
Mark Kukurelya kelajakda «Barselona»ga qaytishni inkor etmadi

«Chelsi» klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya o‘z faoliyatining qaysidir bosqichida «Barselona»ga qaytish istagi borligini bildirdi.

«Barselona»ga qaytish? Ispaniya — bu doim Ispaniya bo‘lib qoladi. Inson doim ortga qaytish haqida o‘ylaydi, lekin men buni bir necha yilga kechiktirgan bo‘lardim. Hozir Angliyada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Agar shunday imkoniyat paydo bo‘lsa, rad etish qiyin bo‘ladi. Hammasini yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak. Agar bu sodir bo‘lsa — demak, shunday bo‘lishi kerak ekan», — deya Kukurelyaning so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘idagi The Touchline sahifasi keltirmoqda.

Kukurelya «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq klubning asosiy jamoasida bor-yo‘g‘i bitta o‘yin o‘tkazgan. Himoyachining asosiy tarkibdagi debyuti 2017 yil oktyabr oyida Ispaniya kubogi doirasidagi «Mursiya»ga qarshi bahsda yuz bergan edi. 2018 yil avgustida u La Liganing «Eybar» klubiga ijaraga berildi va 25 sentyabr kuni «Espanyol»ga qarshi bahsda Ispaniya oliy divizionidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Mark Kukurelya 2022 yil avgust oyida «Brayton»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Himoyachining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting