locale OZ

Mariyu qishda «Yuventus»ni tark etishi mumkin

Uning “Yuventus” bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mariyu qishda «Yuventus»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Yuventus"ning o'ng qanot himoyachisi Joau Mariyu qishki transferlar davrida klubni tark etish haqida o'ylamoqda.

Jurnalist Nikolo Skira xabar berishicha, 25 yoshli qanot himoyachisi ko'proq maydonga tushishni istamoqda, shu bois u yanvar oyidayoq jamoani tark etishi mumkin.

“Bianconerilar" portugaliyalikni atigi yarim yil oldin sotib olgan, ammo yangi bosh murabbiy Luchano Spalletti unga umid qilmayapti.

Joau Mariyu joriy mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning “Yuventus” bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting