locale OZ

Mario Gyotze «Ayntraxt» bilan shartnomasini uzaytiradi — manba

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mario Gyotze «Ayntraxt» bilan shartnomasini uzaytiradi — manba
FOTO: Getty Images

Yarimhimoyachi Mario Gyotze yaqin vaqt ichida Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bilan amaldagi kelishuvini uzaytiradi. Bu haqda insayder va jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi klub bilan 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasi shartlarini kelishib olgan. Tomonlar barcha masalalar bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishishgan, kelgusi kunlarda esa shartnoma imzolangani haqida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Mario Gyotze klub safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha davom etishi belgilangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting