locale OZ

Mareskaning «Chelsi»dan ketishi sababi maʼlum boʻldi

Qayd etilishicha, bu qarorni mutaxassisning oʻzi qabul qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareskaning «Chelsi»dan ketishi sababi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Enzo Mareska klubni tark etish qarorini APLning 19-turi doirasida «Bornmut»ga qarshi (2:2) o‘yinidan so‘ng o‘zi qabul qilgan. Bu haqda Give me Sport nashri insayderi Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub ichidagi keskinlik ancha vaqtdan beri yig‘ilib kelayotgan edi. Bunga Mareska va klub rahbariyati o‘rtasidagi o‘yin masalalariga oid kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.

Xususan, murabbiy rahbariyatning asosiy tarkibni tanlash va o‘yin davomida almashtirishlarga aralashuvidan norozi bo‘lgan. Enso bu kabi qarorlar faqat murabbiylar shtabi vakolatida bo‘lishi kerakligini qat’iy ta’kidlagan.

Shuningdek, Mareska «Chelsi»dagi muvaffaqiyatsizliklar sababini yanada chuqurroq muammolar — klub egalari yondashuvi va jamoa rivoji bo‘yicha umumiy strategiyada deb hisoblagan. Biroq klub rahbariyati tanlangan yo‘ldan voz kechishni rejalashtirmayapti.

Hozirda «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 5-o‘rinni, Chempionlar ligasi umumiy reytingida esa 13-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting