locale OZ

Mareska – oydagi APL murabbiyi

O‘tgan oyda "Chelsi" Premyer-ligada 4 ta o‘yin o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska – oydagi APL murabbiyi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer-ligasida noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Sovrinni "Chelsi" ustozi Entso Mareska qo‘lga kiritdi.

O‘tgan oyda "Chelsi" Premyer-ligada 4 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda Mareska jamoasi bir durang va uchta g‘alabaga erishdi.

Jamoaning bu davrdagi natijalarini quyida keltiramiz: "Tottenhem" – "Chelsi" 0:1; "Chelsi" – "Vulverhempton" 3:0; "Byornli" – "Chelsi" 0:2 va "Chelsi" – "Arsenal" 1:1.

Ayni paytda "Chelsi" Premyer-liga turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Mareska jamoasi keyingi o‘yinni 13 dekabr kuni o‘z maydonida "Everton"ga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting