Mareska: “Odamlar meni Gvardiola bilan tezda taqqoslay boshlaydi”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enso Mareska yangi jamoasidagi faoliyati davomida uni sobiq murabbiy Pep Gvardiola bilan taqqoslashlari muqarrar ekanini tan oldi. Italiyalik mutaxassisning fikricha, bunday taqqoslashlar mavsumning dastlabki o‘n uchrashuvidanoq boshlanishi mumkin.
Mareska bu holat unga bosim qilmasligini ta’kidladi. U Gvardiolani so‘nggi 20 yilning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblashini va uning “Manchester Siti”dagi merosi juda katta ekanini aytdi.
Enso Mareska joriy yozda “Manchester Siti” bosh murabbiyi etib tayinlandi. U klubni so‘nggi o‘n yil davomida boshqargan Pep Gvardiolaning o‘rnini egalladi.
Mareska boshchiligidagi “Manchester Siti” ilk rasmiy uchrashuvini 16-avgust kuni “Arsenal”ga qarshi Angliya Superkubogi bahsida o‘tkazadi.